Abdulloh al-Baydaviy
Nosiriddin Abu Said Abdulloh ibn Umar al-Baydaviy (arabcha: عبد الله بن عمر البيضاوي) — taniqli musulmon ilohiyotshunosi, tarixchi va mufassiri. U „Tafsir al-Baydaviy“ nomili tafsir kitobi orqali mashhurdir.
Tarjimayi holi
Uning toʻliq ismi Nosiriddin Abulxayr Abdulloh ibn Umar ibn Muhammad al-Baydaviydir. Al-Baydaviy Eronning Sheroz yaqinidagi Bayda qishlogʻida tugʻilgan. Uning birinchi ustozi otasi Umar edi. U Shofiʻiy mazhabiga ergashgan. Al-Baydavi, otasi singari, Sherozning bosh qozisi boʻlgan va shu uchun Qozi Baydaviy laqabini olgan. 1252-yilda u Tabrizga koʻchib oʻtadi va hayotining katta qismini shu yerda oʻtkazadi. Al-Baydaviy 1286-yilda vafot etgan.
Asarlari
Abdulloh Baydaviy islomning turli jabhalariga oid bir qancha asarlar muallifi edi:
Qozi Baydaviyning eng mashhur asari Qurʼonning "Anvar at-Tanzil va Asror at-Tavil" tafsiri boʻlib, uni u Tabrizda yozgan. Bu tafsir Ashari kalom pozitsiyasida yozilgan. Uzoq vaqt davomida bu tafsir boshqa mamlakatlarda boʻlgani kabi Usmonli imperiyasi madrasasida ham oʻqitilgan. Bu tafsirga 250 dan ortiq sharhlar yozilgan, eng mashhuri Muhammad Shayxzodaning sharhidir.
Adabiyot
Havolalar
uz.wikipedia.org