ABDULLO NOYI
ABDULLO NOYI (15-a.) – sozanda, bastakor. Savtlari bilan mashhur. Hisor, Balx va Hirot shaharlarida ijod qilgan. Movarounnahr va Xurosonda mashhur bo’lgan. Balxda ukasi Hofiz qonuniy bilan jo’rnavoz bo’lgan: Abdulla Noyi nayda mashq qilganda ukasi qo’shiq aytar va o’ng qo’li bilan qonun chertib, chap qo’li bilan doira chalardi. Shina-Vandalar bu aka-ukalarning mashqlaridan hayratda qolardilar. Balxdagi Hazrat Sulton Hizruya yaqinidagi maqbaraga dafn etilgan. Bu joy ziyoratgohga aylangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz