Abdullo Mirzo




Abdullo Mirzo (1433-1451) — Movarounnahr hukmdori (1450-51). Temuriylardan. Ulugʻbekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh boʻlgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsuddin Sheroziy boshqargan. 1447-yil amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448-yil esa amakisi Ulugʻbekning xizmatiga kirib, uning qiziga uylangan. Abdullatifdan keyin Movarounnaxr taxtiga oʻtirgan. Ammo toju taxt daʼvogari Sulton Abu Said Mirzoga qarshi jangda halok boʻlgan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz