Abdullo Aslonov
Abdullo Ubaydulloevich Aslonov (tugʻ. 8-iyul 1984-yil, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.
Biografiya
Abdullo Aslonov 1984-yil 8-iyulda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2003-yildan 2009-yilgacha Angliyaning uchta nufuzli universitetida tahsil oldi. 2011-yilda bakalavriat, 2014-yilda — Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 2010-yilda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyat kengashida toʻgarak rahbari lavozimida ish boshlagan. 2012-yildan 2018-yilgacha „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyati, Navoiy viloyati va Markaziy Kengashi ofislarida rahbar lavozimlarida ishlagan. 2018-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashining raisi boʻlib ishlagan.
2020-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar ishlari boʻyicha komissiyasining raisi boʻldi. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.
2022-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri o'rinbosari etib tayinlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org