Abdullayeva Siyosatxon





Siyosatxon Abdullayeva (1940-yilning 5-noyabr sanasida, Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanida tavallud topgan.) — nomdor oʻzbek fermeri hamda dehqoni. Qishloq xoʻjaligi sohasining taniqli namoyandasi va sohaning yetakchi arboblaridan biri. Sobiq Oʻzbekiston SSRda faoliyat yuritgan Andijon Paxtachilik institutini tamomlagan.


Mehnat faoliyatini 1959-yilda Oltinkoʻl tumanidagi „Namuna“ shirkat xoʻjaligi ishchisi sifatida boshlagan. 1972—1978-yillarda Oltinkoʻl tumanidagi „Namuna“ shirkat xoʻjaligi bolalar bogʻchasi tarbiyachisi, 1978—2006-yillarda esa Oltinkoʻl tumanidagi „Namuna“ shirkat xoʻjaligi pudratchisi sifatida mehnat faoliyatini olib boradi. 2006-yildan to vafot kuniga qadar Oltinkoʻl tumanidagi "Oltinkoʻl vodiy gulshani" fermer xoʻjaligiga rahbarlik qilib kelgan.



Biografiyasi



Siyosat Abdullayeva — 1940-yil 5-noyabrda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanida dunyoga keladi. Ilk taʼlim maʼlumotini olgandan soʻng, Andijon Paxtachilik institutiga oʻqishga kiradi va u yerni 1959-yilda muvaffaqiyatli tamomlaydi. Oʻz mehnat faoliyatini 1959-yilda tugʻilib oʻsgan tumanidagi „Namuna“ nomli qishloq xoʻjaligi shirkatida oddiy ishchi lavozimida boshlagan.


1972—1978-yillar oraligʻida Oltinkoʻl tumanidagi „Namuna“ shirkatiga qarashli bolalar bogʻchasi (maktabgacha taʼlim muassasi)da tarbiyachi lavozimida faoliyat yuritadi. Ikki yillik faoliyatdan soʻng (1976—1978), 1978—2006-yillar oraligʻidagi vaqt davomida mazkur tumanidagi „Namuna“ shirkat xoʻjaligi pudratchi (boshligʻi, direktor)si sifatida faoliyat olib boradi.


Yigirma sakkiz yillik muvaffaqiyatli karyeradan soʻng, 2006-yildan boshlab, vafot sanasiga qadar Oltinkoʻl tumanidagi "Oltinkoʻl vodiy gulshani" fermer xoʻjaligida rahbar sifatida mehnat qilgan. Tadbirkor, murabbiy, dehqon hamda fermer — Siyosatxon Abdullayeva Oʻzbekiston qahramoni hamda Doʻstlik odeni mukofotlariga loyiq koʻriladi.


2005-yilda Do'stlik ordeni bilan, 2008-yilda esa O'zbekiston qahramoni unvoni bilan, prezident Islom Karimov tomonidan taqdirlanadi. S.Abdullayeva Andijon paxtachilik akademiyasi yaratuvchisi hisoblanadi. U 2018-yilning 27-iyul sanasida, 78-yoshda Andijon viloyati, Oltinko'l tumanida vafot etadi.



Manbalar













uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz