Abdullayeva Nasiba
Nasiba Melikovna Abdullayeva (1961-yil 15-noyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek estrada xonandasi. Oʻzbekiston (1993) va Ozarbayjon (2022) xalq artisti. Oʻzbek, fors, ozarbayjon, arab, tojik, rus va boshqa tillarda qoʻshiqlar ijro etadi.
Hayoti
Nasiba Abdullayeva 1961-yil 15-noyabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Otasi Melik Yarmuhamedov (eron) va onasi Xalchuk Xalimakulova (millati tojik) oilasida tugʻilgan. Abdullayeva bolaligida musiqa maktabida akkordeonda oʻqigan. Arxitektura-qurilish institutiga kirish uchun muvaffaqiyatsiz urinishdan soʻng maktabda musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishladi.
1980-yilda Nasiba yangi tashkil etilgan „Samarqand“ vokal cholgʻu ansambliga solist sifatida taklif qilindi. Oʻsha yili uning qoʻshiqlari bilan ikkita albom chiqdi – „Bari Gal“ va „Samarqand“.
1989-yilda A.Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat institutini tamomlab, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga ishga oʻtdi.
1990-yilda „Ayriliq“ nomli birinchi yakkaxon albomini chiqaradi.
2000-yilda eri bilan ajrashgach, ikki yil davomida sahnani tark etdi.
2002-yilda sahnaga qaytdi. 2004-yildan beri Davlat konservatoriyasida estrada ijrochiligi kafedrasida dars beradi.
2018-yilda „Farida“ qoʻshigʻidan parcha Fendi savdo uyi reklama roligida ishlatilgan.
2022-yil 30-avgustda Ozarbayjon prezidenti farmoni bilan Nasiba Abdullayevaga Ozarbayjon xalq artisti faxriy unvoni berildi.
Shaxsiy hayoti
Abdullayeva 1979-yilda ganjalik gitarachi Eldor Abdullayevga turmushga chiqdi. 2000-yilda ular ajrashishdi.
Diskografiyasi
1980 – „Bari gal“
1980 – „Samarqand“
1990 – „Ayriliq“
2000 – „Sogʻinch“
2002 – „Umr bahori“
2006 – „Eslanar“
2014 – „Baxt oʻzi nimadur?“
Filmografiyasi
Film
Mukofotlari
Nasiba Abdullayeva 1987-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, 1939-yilda Oʻzbekiston xalq artisti, 1999-yilda „Mehnat Shuxrati“ ordeni, 2018-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni va 2022-yilda Ozarbayjon xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org