Abdullaxon Timi
Abdullaxon timi (Timi Abdullaxon) — Buxoro xonligidagi gumbaz bilan qopgangan usti yopiq bozorlardan biri boʻlgan. Buxoro xoni shayboniy Abdullaxon II davrida 1577-yilda bunyod etilgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
Abdullaxon timi usti yopiq eng katta savdo rastalaridan biri hisoblangan. Abdullaxon timi Katta tim yaʼni Timi Kalon kabi nom bilan ham atalgan. Ushbu tim shayboniylardan Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon II davrida 1577-yilda gazlamalar sotish maqsadida qurilgan. Mazkur tim asosiy savdo koʻchasida joylashgan va 6 ta ravoqli darvozadan iborat boʻlgan. Bu inshootda sakkiz gumbazli xona boʻlib, savdo doʻkonlari tutashgan. Abdullaxon timida asrlar davomida gazlamalar sotilgan. XX asr boshlarida timda shoyi va boshqa turdagi gazlamalar sotilgan. Gazlamalar maxsus sandiqlarda saqlangan. Mazkur tim oldida XVI asr oxirlarida Choxarsoʻyi Darun yaʼni Ichki doʻkon mavjud boʻlgan va ushbu doʻkonni har xil mollar sotishga moʻljallangan 30 ga yaqin doʻkoni boʻlgan. Bu yerda toʻrtta gilam va toʻrtta etik sotadigan doʻkon ham boʻlgan. Xorijdan kelgan savdogarlar ham ushbu usti yopiq bozorda savdo-sotiq qilishgan. Galina Pugachenkova maʼlumotlariga koʻra timdagi ravoqli taxmonlar 56 ta doʻkonni hosil qilgan. Gumbaz yuqorisidagi tuynuklardan yorugʻlik tushib turgan. Abdulaxon timidagi markaziy xona atroflari kichik gumbazlar bilan oʻrab olingan. Mazkur timda Shoyi bozori boʻlgan. Abdullaxon timi koʻp gumbazli va koʻp arkonli meʼmorchilik obyektlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Abdulaxon timida gilam doʻkonlari va savdo rastalari faoliyat yuritmoqda.
Meʼmorchiligi
Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi. Ab-dullaxon davrida qurilgan. (1577). Abdullaxon timi asosi murabba tarxli (39X42 m), 3 tomoni berk, bosh tarzidagi peshtoq orqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni oʻrab turadi. Oʻrtadagi miyonsaroy (diametri — 10 metr) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorugʻ tushadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalon-dagi mayda ravoklar ichida gumbaz tom-li doʻkonlar boʻlgan. Bino pishiq gisht-dan (22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqi, naqshin bezaklari deyarli saqlanmagan. Oʻtmishda bu yerda shoyi, jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Abdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chor-su-toq binolari ichida eng kattasi va shaklu shamoyili jihatidan ancha murakkab va xushbichim hisoblanadi. Bir necha bor taʼmirlangan, savdo doʻkonlari joylashgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Ilmiy adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Abdullaxon Timi haqida aniq va to‘liq ma’lumot berish uchun uning kimligi, faoliyati yoki qaysi sohada tanilganligi haqida ko‘proq ma’lumot kerak bo‘ladi. Iltimos, Abdullaxon Timi haqida qaysi sohada yoki mavzuda ma’lumot olishni xohlayotganingizni ayting: masalan, u shaxs, san’atkor, yozuvchi, olim yoki boshqa sohadagi amal qiluvchimi? Shunda men sizga batafsil va to‘liq ma’lumot bera olaman.
Agar hozircha umumiy ma’lumot kerak bo‘lsa, quyidagilarni aytib o‘tishim mumkin:
- Abdullaxon Timi ismi o‘zbek madaniyatida yoki ijtimoiy hayotda kam uchraydigan ism yoki taxallus bo‘lishi mumkin.
- Ba’zi holatlarda, “Timi” so‘zi jamoa, guruh ma’nosida qo‘llaniladi. Masalan, “Abdullaxon Timi” deganda, “Abdullaxon” nomli shaxsga tegishli guruh yoki jamoa nazarda tutilayotgan bo‘lishi mumkin.
Agar iloji bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot berib, aniqroq savol bilan murojaat qilsangiz, yordam berishga tayyorman.