Abdullatifxon



Abdullatifxon (1495—1551) — Buxoro xonligidagi Shayboniylar sulolasining oltinchi o‘zbek xoni. Davlatni 1540-1552 yillar boshqargan.

Kuchkinchixonning o‘g‘li Abdullatifxon 1537-1538 yillar Ubaydulla xonning Xorazmga qilgan yurishida qatnashgan.

1540 yilning mart oyida Abdullaxon I ning o‘limidan so‘ng Samarqand tepasiga u keladi. u o‘zini Buxoro xoni deb e’lon qilgan Abdulazizxonni tan olmaydi. Shunday qilib, Shayboniyxolar davlatida qo‘shhokimiyatchilik yuzaga keladi: Samarqandda Abdullatifxon, Buxoroda esa Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon.

Abdullatifxonning ikki o‘g‘li bo‘ladi: Abdalsulton va Gadoyxon.

Abdullatifxon Movaraunnahr hamda Shayboniylar tarixining bilimdoni hisoblangan. U shoir va olimlarning homiysi bo‘lgan. Abdullatifxonning o‘zi Xush tahallusi ostida she’rlar yozgan.

Abdullatifxon hukmronligi davrida rasmiy hujjatlarda nafaqat fors, balki o‘zbek tili ham ishlatilgan.

Abdullatifxon 1552 yil Samarqandda vafot etgan va Samarqanddagi otasining maqbarasi yoniga dafn etilgan. Hokimiyat tepasiga uning qarindoshi, Toshkent yerlarining egasi Navruz Ahmadxon kelib, barcha o‘zbeklarning xoni deb o‘zini e’lon qiladi.

Manba: arboblar.uz

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz