Abdullatif Lutfiy al-Xarputiy
Abdullatif Lutfiy al-Xarputiy (arabcha: عبد اللطیف لطفی الخرپوتی — kalom ilmi olimi.
Hayoti
Hayoti haqida maʼlumotlar oz. Abdullatif Lutfiy al-Xarputiy 1842-yilda hozirgi Turkiyaning ikki ming yillik tarixga ega bo‘lgan Xarput shahrida tug‘ilgani uchun "al-Xarputiy" nisbasi bilan tanilgan. Ilk sabog‘ini yaqin qarindoshi bo‘lgan muftiy Umar Naimiydan olgan. Keyinchalik Istanbul shahriga safar qilib, u yerdagi Fotih madrasasida tahsil oladi. Madrasadagi taʼlimni tamomlaganidan so‘ng, Adana shahriga ko‘chib o‘tadi. Bir muddat u yerda mudarrislik qiladi va o‘sha yerda oila quradi. So‘ng oilasi bilan Istanbulga qaytadi va Boyazid masjidi imom-xatibi hamda "Majlisi tadqiqoti shar’iyya" aʼzoligiga tayinlanadi. 1891-yilda miloddan avvalgi 315-yilda Makedoniya shohi Kassandr tomonidan asos solingan Saloniki shahriga ketadi va o‘n yil o‘sha yerda qoladi. U yerda bo‘lgan vaqtida ko‘plab mahalliy mutasavvif olimlar bilan ilmiy suhbat qurgani haqida maʼlumotlar mavjud.
Abdullatif Lutfiy al-Xarputiy 1901-yilda Istanbulga qaytadi. O‘sha yili Usmoniyya dorulfununiga kalom ilmi mudarrisi etib tayinlanadi. U dorulfununda ish boshlagan yili ilmiy darajaga ega bo‘lishi bilan birga "Madrasa al-voʻiziyn"da ham kalom ilmidan dars beradi. Abdullatif Lutfiy al-Xarputiy 1910-yilda haj ziyoratiga boradi. U yerda uning arab tilida aytgan vaʼzlari olimlar tomonidan yuksak baholanadi.
Vafoti
Abdullatif Lutfiy al-Xarputiyning vafot tarixi manbalarda turlicha ko‘rsatilgan. Ulardan biri - Husayn Vassofning "Safinai avliyo" asarida olimning qabr toshidagi bitikka asoslanib, vafot sanasini 1332-hijriy yil deb qayd etilgan. Qabri Istanbuldagi Markaz afandi qabristonida.
Asarlari
Adabiyotlar
1. Metin Yurdagür. "Harpûtî, Abdüllatif". TDV İA. — İstanbul: 1997. XVI, 235-237;
2. İbrahim Hakkı Aydın. "Abdullâtif Harputî", Yeni Türk İslâm Ansiklopedisi. — İstanbul: 1995. 17-20.
Manbalar
uz.wikipedia.org