Abdulla Tolipovich Ayupov




Abdulla Tolipovich Ayupov (1923.10.1, Toshkent) – faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), professor (1983). 1941-45-yillardagi urush qatnashchisi. Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarix fakultetini tugatgan (1949). Universitetda oʻqituvchi (1952– 55), dosent (1955-yildan). Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) gumanitar fakultetlar falsafa kafedrasining mudiri (1962–92), kafedra professor (1992-yildan). Ayupov Toshkent Davlat Universiteti falsafa boʻlimi, keyin fakultetini tashkil etishda boshchilik qilgan. Ilmiy asarlari falsafa tarixi, barkamol insonni tarbiyalash, ma’naviyatni shakllantirish masalalariga oid. Falsafa fani boʻyicha darslik, oʻquv qoʻllanma va dasturlari nashr etilgan.



Adabiyotlar
















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz