Abdulla Qodiriy uy-muzeyi





Abdulla Qodiriy uy-muzeyi — 2019 yil dekabr sanasida Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza koʻchasida yashagan yozuvchi Abdulla Qodiriy uyida ochilgan.


Ayni shu muzeyda yozuvchining oʻzi ijodidan, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari namunalaridan kutubxona vujudga kelgan. Hovli sahni devorlariga oʻzbek va jahon yozuvchi-shoirlarning A.Qodiriy ijodi haqidagi fikrlari qayd etilgan. Xona devorlariga ilingan adibning asl qiyofasini aks ettiruvchi fotosuratlar Qodiriy ijodini yaqindan tanishtiradi. Shuningdek, bu yerda gazeta va jurnallar, A.Qodiriy ijodi namoyon ettirilgan ilk kitoblar mavjud. Muzey ixlosmandlarini xonalardan birida yozuvchi oʻz asarlarini yozganida, oila a’zolari bilan birga bir dasturxonda yigilishi e'tiborini chetda qoldirmaydi.


Muzey hovlisida haykaltarosh Bahrom Norboyev tomonidan mukammal ishlangan yozuvchi haykali oʻrnatilgan. Unda adib teran fikrda, bir qoʻlida kitob tutgan holda gavdalantirilgan.


Uy-muzeyda adibning, oʼzbek va jahon ijodkorlarining asarlaridan iborat moʼʼjaz kutubxona tashkil etilgan. Naqshinkor, baland yogʼoch ustunli yoʼlak uzra uy-muzeyni ohista koʼzdan kechiramiz. Hovli devorlariga Qodiriy ijodiga oid oʼzbek va jahon adiblarining bitilgan fikrlari yozuvchi nainki yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham alohida eʼtirof etilgan ijodkor ekanini yana bir karra anglatadi. Kenggina Toshkentning avvalgi koʼrinishi fotolarda aks etgan xona yozuvchi ijodini batafsil oʼrganishga moʼljallangan. Boshqa xonada – moʼjaz galereyada uning hayoti, ijodi, maʼnaviy jasorati aks ettirilgan kartinalar jamlangan. Uning ilk asarlari nashr etilgan gazeta va jurnallar, dastlabki kitoblari, boshqa tillarga oʼgirilgan kitoblari ham shu yerda mujassam. Sal narida alohida turar joy. Oʼsha davr muhitiga hamohang koʼrinish kasb etgan xonalarning birida adib ijod qilgan, umr kechirgan, oilasi, farzandlari bilan dasturxon atrofida jam boʼlgan. Mana bir paytlar Qodiriy oʼzi qurdirgan shiypon. Bir vaqtlar qadrdonlar gurungiga toʼlgan bahavo shiypon va uning quyidagi keng-moʼl xona bugun yana adabiyot muxlislari, Qodiriy ixlosmandlari bilan gavjum.



Foto




Yana qarang




Havolar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz