Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat universal ilmiy kutubxonasi





Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi  – Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 1992-yil 20-may kuni chiqarilgan PX-05/70 sonli „Viloyat birlashgan kutubxonasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori asosida 1992-yil iyun oyida ish boshlagan kutubxona. Kutubxona viloyat bolalar kutubxonasi bilan birlashtirilgan holda tashkil etilgan.




Kutubxona fondi va faoliyati



1992-yil 27-may holatiga koʻra kutubxonaning dastlabki fondi 263 300 nusxa boʻlib, 32 nafar kutubxona xodimlari xizmat koʻrsatgan. Keyingi yillarda kutubxona fondi 271 495 nusxadan iborat bo‘lgan. O‘sha davrlarda kutubxonaga Galina Kovilina rahbarlik qilgan.


Kutubxonada 6 tarkibiy boʻlim mavjud boʻlib, bular: Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Kutubxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy metodik, Bibliografiya, Ma’muriy va xo‘jalik kabilardir.


2001-yilga kelib, birlashgan viloyat kutubxonasi tarkibidan viloyat bolalar kutubxonasi ajratilgan va bolalarga moʻljallangan alohida kutubxona tashkil etilgan. 2001-yil aprelida viloyat kutubxonasi qoshida Huquqiy axborot markazi faoliyat boshlagan.


2004-yilgi maʼlumotlarga koʻra kutubxonada 203 289 nusxadagi adabiyotlar saqlangan. Ayni paytda kutubxona viloyatda faoliyat yuritayotgan 253 ta kutubxonaga metodik rahbarlik qilib keladi. Bu kutubxonalarning 43 tasi shaharda, 210 tasi qishloqlarda joylashgan. 2006-yilga kelib kutubxona Navoiy viloyat axborot-kutubxona markaziga aylantirilgan.



Suratlari




Yana qarang




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz