Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi





Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi - Prezident taʼlim muassasalari agentligi turkumidagi Toshkent shahridagi ijod maktabi. Hozirda oʻziga 200ga yaqin oʻquvchini qamrab olgan ushbu maktab 2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan taʼsis etilgan. 2019-yil 26-dekabrda taʼlim muassasi oʻz binosiga ega boʻldi. Maktab Toshkent shahri, Olmazor tumani, Abdulla Qodiriy ko’chasi, Abdulla Qodiriy istirohat bog`i ichida joylashgan. Ushbu muassasa hozirda 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarni qabul qiladi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz