ABDULLA HOTIFIY (? – 1521, dekabr) — tarixchi, shoir; Abdurahmon Jomiyning jiyani (singlisining o’g’li). “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Haft manzar”, “Shoh Ismoil Janobi oliylari Shohnomasi” kabi asarlar yozgan. Sulton Husayn Boyqarota bag’ishlab, Amir Temur zafarlarini madh etuvchi “Temurnoma” (yoki “Zafarnoma”) tarixiy dostonini yozgan. Qo’lyozmasi ko’pgina kutubxonalarda saqlanib qolgan. 1869, 1896 yillarda Lakxnavda, 1957 yil Madrasda chop etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish