Abdulla Hofiz Fayzullayev




Abdulla hofiz Fayzullayev (1869, Namangan — 1944, Oʻsh) — xonan-da. Oʻzbekiston xalq hofizi (1943) va Qirgʻiziston xalq artisti (1940). Na-manganda tashkil etilgan havaskorlar toʻgaragi "Sharq truppasi" (1914 — 26)da, Oʻshdagi musiqali drama (1926 — 41), Yangiyoʻl musiqali drama va komediya te-atrlari (1941 — 44)da ishlagan. "Ilgʻor", "Koʻcha bogʻi", "Eshvoy", "Girya", "So-dirxon Ushshogʻi", "Dugoh Husayniy", "Abdurahmonbegi", "Segoh", "Bayot", "Qalandariy" va boshqa ashula yoʻllarini mahorat bilan ijro etgan. Baland va shira-li ovozi bilan oʻziga xos uslub yaratgan. Abdulla hofiz Fayzullayev Abdulla hofiz Fayzullayev ijrosidagi maqom va ashula yoʻllari Oʻzbekiston radiosida yozib olingan (1941).



Adabiyotlar
























uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz