ABDULLA HOFIZ



ABDULLA HOFIZ Fayzullayev (1869, Namangan — 1944, O’sh) — xonanda. O’zbekiston xalq hofizi (1943) va Qirg’iziston xalq artisti (1940). Namanganda tashkil etilgan havaskorlar to’garagi “Sharq truppasi” (1914 — 26) da, O’shdagi musiqali drama (1926 — 41), Yangiyo’l musiqali drama va komediya teatrlari (1941 — 44) da ishlagan. “Ilg’or”, “Ko’cha bog’i”, “Eshvoy”, “Girya”, “Sodirxon ushshog’i”, “Dugoh Husayniy”, “Abdurahmonbegi”, “Segoh”, “Bayot”, “Qalandariy” va bilan ashula yo’llarini mahorat bilan ijro etgan. Baland va shirali ovozi bilan o’ziga xos uslub yaratgan. Abdulla Hofiz ijrosidagi maqom va ashula yo’llari O’zbekiston radiosida yozib olingan (1941).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz