ABDULLA BULBUL



ABDULLA BULBUL Iso Hofiz o’g’li (? — 1916, Toshkent) — o’zbek sozanda va xonandasi. G’ijjak, dutor, tanbur kabi milliy cholgu asboblarida chalinadigan kuylarning mohir ijrochisi sifatida tanilib, xalq orasida “Bulbul” laqabini olgan. Xushxonligi va sozandaligi tufayli “Sozanda Hofiz” nomi bilan ham tanilgan. Abdulla Bulbul zamonasining ilg’or fikrli kuychisi. Navoiy, Fuzuliy, Furqat g’azallarini xalq orasida kuylagan. “Bayot”, “Segoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Shahnozi Gulyor” kabi maqom yo’llarini Madumar Hofiz talqinidagi erkin (“Yovvoyi”) usuldan soz usuliga o’tkazgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz