Abdulla Aʼzamov
Abdulla Aʼzamovich Aʼzamov (1947-yil 21-aprel, Baliqchi tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori (1987), professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzosi (2013), Oʻzbekiston matematiklari jamiyati prezidenti (2013), TWMS (Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati) vitse-prezidenti (2017). „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, Xalqaro Bobur mukofoti (2015), „Mehnat shuhrati“ ordeni (2016) va „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni sohibi.
1973-yildan respublika matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi. 1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Aʼzamovga 1981-yili dotsent va 1989-yili professor unvoni berilgan.
2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi[⇨]. 1972–1975-yillarda „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari va 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan[⇨].
Tarjimayi holi
Abdulla Aʼzamov 1947-yil 21-aprelda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1953–1964-yillarda u oʻzi tugʻilib oʻsgan tumandagi 1-sonli oʻrta maktabda tahsil olgan. 1963-yilda „Yosh leninchi“ gazetasi tomonidan uyushtirilgan sirtqi olimpiadada qatnashgan. 1964-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan va Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Mexanika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan. 1966-yili bir guruh talabalar bilan oʻqishni davom ettirish uchun M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga yuborilgan. 1970-yilda oʻqishni tamomlagan.
Faoliyati
Abdulla Aʼzamov 1971–1972-oʻquv yilidan boshlab differensial tenglamalar fanidan maʼruza oʻqigan. 1972–1975-yillarda (oʻrindoshlik asosida) „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir lavozimida ishlagan. 1973-yildan Oʻzbekiston SSR matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan. U Toshkent davlat universitetining Matematik analiz kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilgan, 1980–1993-yillarda Differensial tenglamalar kafedrasida dotsent, professor va kafedra mudiri boʻlib ishlagan. 1992–1993-yillarda Matematika fakultetiga dekan etib tayinlangan. Aʼzamov 1993-yilda Namangan davlat universitetiga rektor etib tayinlandi. 1998–1999-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazida boʻlim boshligʻi, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari, 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan.
1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Unga 1981-yil dotsent, 1989-yili professor unvoni berilgan. Uning „Munojatnoma“ asari Alisher Navoiy gʻazallarining ilmiy-tarixiy tahliliga bagʻishlangan. U Namangan davlat universitetiga rektor boʻlgan davrida „Usmon Nosir qayerda?“ pyesasini yozadi va asar viloyat teatrida qoʻyiladi. Namangan dorilfununiga rahbarlik qilib yurgan yillarida (1993–1997).
Aʼzamov Oʻzbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filialida maʼruzalar oʻqigan. 2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va 2013-yil Oʻzbekiston matematika jamiyatining raisi etib saylangan. Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati vitse-prezidenti (2017) hamda 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi hisoblanadi.
Oilasi
Abdulla Aʼzamovning 2 ta oʻgʻli va 1 ta qizi bor.
Kitoblari
Ilmiy maqolalari
Mukofotlari
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org