Abdulla Abdullayev
Abdulla Abdullayev (Aldulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev, 1997-yil 1-sentyabrda, Qoʻrgʻontepada tugʻilgan) — Oʻzbekiston futbolchi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va BAAning „Khor Fakkan“ jamoasi futbolchisi. Yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepadi.
Futbolchilik faoliyati
Abdulla Abdullayev futbolchilik faoliyatini Bunyodkor klubining yoshlar tizimidan boshlagan. Professional jamoalardagi debyutini 2015-yilda „Bunyodkor-2“ jamoasida oʻtkazgan. Oʻzbekiston Superligasidagi ilk debutini Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi safida 2017-yilda oʻtkazgan. Bunyodkor klubi safida 5 yil davomida toʻp surdi va 2019-ilda qaldirgʻochlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Superligasi bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsum oldidan oʻz jamoasi Olmaliqning „AGMK“ jamoasiga oʻzgartirdi. Hozirda „AGMK“ jamoasi futbolchisi. 2023-yil 8-sentyabrda BAAning „Khor Fakkan“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati
Abdulla Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalarining bir qator yosh toifalarida oʻynagan. Kattalar safidagi ilk debyutini 2021-yilda Srečko Katanec murabbiyligi ostida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org