Abdulla Abatsiyev
Abdulla Alxazovich Abatsiyev (1993-yil 16-avgust Vladikavkaz) – rus va ozarbayjonlik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi .
Biografiyasi
Abdulla Abatsiyev 1993-yilda Vladikavkazda tugʻilgan. Futbolchining otasi Alxaz Ayvazov ozarbayjon millatiga mansub boʻlgan. Abdulla 8 yoshida Vladikavkazning „Yunost“ sport maktabining futbol boʻlimiga oʻqishga kirgan va u yerda 9 yil taʼlim olgan. 2010-yilda Moskvaga, 2011-yilda esa Ozarbayjonga koʻchib oʻtgan va 2009-yilda u y Ozarbayjon fuqaroligini olgan.
15 yoshida Abatsiyev „Alaniya“ga (Vladikavkaz) koʻchib oʻtgan va uning tarkibida Shimoliy Osetiya chempionatida oʻynagan. 2010-yilda Moskvaga koʻchib oʻtib, Moskvaning „Stolitsa“ klubida havaskor futbol klublari oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oʻynay boshlagan. Oʻsha yili moskvaliklar tarkibida u Moskva kubogini qoʻlga kiritgan.
Abdulla Bokuda „Inter“ bilan UEFA Yevropa ligasida debyut qilgan. Bu oʻyin 2013-yil 4-iyulda birinchi saralash bosqichida Finlyandiyaning „Mariehamn“ jamoasiga qarshi uy uchrashuvida 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. Shuningdek, u bokuliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozongan ikkinchi oʻyinda ham ishtirok etgan.
Abatsiyevning 2013-yil 15-dekabr kuni Oliy liganing 17-turida „Sumgait“ darvozasiga kiritgan goli „bokuliklar“ning Ozarbayjon chempionatlarida urgan 500-goliga aylangan.
2018-yilning mart oyida u Mashuk-KMV klubida futbolchisiga aylangan.
Ozarbayjon terma jamoasi
Abdulla Ozarbayjon U17 terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini 2009-yilning 26-oktyabr kuni Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Serbiya terma jamoasi tengdoshlariga qarshi safarda oʻtkazgan.
2010-yilning 16-aprelida Abitsiyev Ozarbayjon U19 yoshlar terma jamoasi tarkibida Norvegiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash bosqichi oʻyinida ilk oʻyinini oʻtkazgan. Oʻyin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan.
2012-yil 29-fevral kuni Yevropa chempionati saralash bosqichining guruh bahsida Islandiya termasiga qarshi oʻtkazilgan va unda Ozarbayjon terma jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Shu oʻyinda Abitsiyev mamlakat yoshlar terma jamoasi tarkibida debyut qilgan.
2014-yilning mart oyida u mamlakat terma jamoasining Dubayda oʻtkazilgan yigʻinida ishtirok etgan.
Yutuqlari
Inter (Boku)
Manbalar
uz.wikipedia.org