Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy





Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy as-Samarqandiy (arabcha: عبد الكريم بن يوسف الديناري السمرقندي — Abdulkarim ibn Yusuf ibn Muhammad ibn Abbos Alouddin Abu Nasr ad-Dinoriy as-Samarqandiy) — faqih, muftiy.



Hayoti va ijodi



Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriyning bizgacha yetib kelgan yagona asari "Aʼjӯba al-fatāvā" ("Eng yaxshi fatvolar") kitobining bir nusxasi hoshiyasiga "Alouddin Abu Bakr al-Axsikatiy ad-Dinoriy laqabli" deb yozib qo‘yilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, hozirgi Toshkent davlar Sharqshunoslik universiteti inv. raqam 4833/1, var. 1a). Xuddi shu qo‘lyozmaning 3a varag‘ida Mahmud ibn Sulaymon al-Kaffoviyning (vafoti: 990/1582-yil) "Aʼlām al-axyār min fuqahā mazhab an-Nu’mān al-Muxtār" ("Noʻmon Muxtor mazhabidagi faqihlardan bo‘lgan eng yaxshi mualliflar haqida xabarlar") kitobiga ishora qilib: „Shayxul-imom Alouddin Abdulkarim ibn Yusuf ibn Muhammad ibn Abbos ad-Dinoriy Abu Nasr (517/1123-593/1197-yillar) Hirzoniyaga dafn etilgan…“, deb yozib qo‘ygan.


Ismoil Posho al-Bag‘dodiyning "Ha­diy­ya al-’ārifӣn" asarida Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy as-Samarqandiy 517/1123-yilda tavallud topgan, 590/1194-yilda vafot etgan deyilgan. Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti inv. raqam 3183 ostidagi qo‘lyozmada „Umar ibn Usmon ad-Dinoriy as-Samarqandiy“ deb kelgan. Lekin bu yerda aynan shu olim yoki boshqa shaxs haqida gap ketayotgani haqida aniq aytish qiyin.


Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy as-Samarqandiy asarining nomi "Aʼjӯba al-fatāvā"dagi harflar qiymatini abjad hisobi bilan qo‘yib chiqsak („al“ artiklisiz), 584/1158-yil sanasi kelib chiqadi. Shularga suyangan holda Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy as-Samarqandiy XII asrda yashab ijod etgan, Samarqandda yoki Astrobod yaqinidagi Dino qishlog‘ida tug‘ilgan, Samarqandda yashagan, deb aytish mumkin.


Bizgacha yetib kelgan "Aʼjӯba al-fa­tāvā" asari ko‘proq "Fatāvā ad-Dinārӣ" ("Dinoriy fatvolari") nomi bilan yuritiladi.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz