Abdulkarim Andoqiy





Abdulkarim Andoqiy (arabcha: عبد الكريم الأنداقي) — faqih, roviy va soʻfiy.



Abdulkarim Andoqiy 400/1009 yili Samarqandga qarashli Andoq qishlogʻida tavallud topgan.




Faoliyati



Abdulkarim Andoqiy hadis va fiqh boʻlish bilan birga, komil insoniylik fazilatlarini oʻzida mujassam etgan. U nafaqat faqih sifatida, balki tasavvufning yirik namoyandasi va yirik olimi sifatida tanilgan. U katta-kichchik yoshdagi ilmu toliblarga turlicha taʼlim-tarbiya berish usulini qoʻllagan. Bu usul tariqatda katta maʼno-mazmunga ega hisoblangan.



Ustozi va ilmiy safarlari



Abdulkarim Andoqiy yirik tasavvuf olimi Imom Yusuf Hamadoniyning izdoshi boʻlgan. U Yusuf Hamadoniyning Xorazm va Bagʻdod safarlarida unga hamrohlik qilgan. Abdulkarim Andoqiyning nabirasi Hasan Andoqiy (460/1068-552/1157) ham tasavvuf olimi boʻlgan.



Vafoti



Abdulkarim Andoqiy 481/1088-yilda vafot etgan.



Manbalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz