Abdulkarim al-Miygʻiy
Abu Muhammad Abdulkarim ibn Muhammad ibn Muso al-Buxoriy al-Miygʻiy al-Faqih al-Hanafiy — oʻz davrining eʼtiborli imomlaridan boʻlgan. Tarkidunyo qilib, zohidona hayot kechirgan. Asʼhobu-r-raʼyning muftiysi, Abu Hanifa asʼhoblarining peshvosi boʻlgan. Dinda juda xudojoʻy ulamolardan edi. U yashagan davrda Samarqandda u kabi faqih va fazilat sohibi boʻlmagan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. 983-yilda (hijriy 373) vafot etgan.
Asarlari
Nasoyihu-l-Abror [Suyukli zotlarning nasihatlari]..
Manbalar
uz.wikipedia.org