Abdulkarim al-Jiyliy





Abdulkarim al-Jiyliy (arabcha: عبد الكريم الجيلي — Qutbuddin Abdulkarim ibn Ibrohim ibn Abdulkarim al-Jiyliy) — mutasavvif olim, so‘fiy.




Hayoti



Abdulkarim al-Jiyliy 1365-66-yillarda Jiylda tavallud topgan.


Ibn al-Arabiy taʼlimotining izdoshi. Abdulqodir al-Jiyloniy asos solgan qodiriyya tariqati vakili. Manbalarda Abdulkarim al-Jiyliy Abdulqodir al-Jiyloniy nabirasining o‘g‘li degan maʼlumotlar ham uchraydi.


Abdulkarim al-Jiyliy ko‘p sayohat qilgan. Yoshlik yillarida fors o‘lkasiga safar qilgan. U yerdan hind diyoriga safar qilgan. Bu o‘lkalarda u fors va hind tillarini o‘rgangan. 796/1394-yilda Hindistondan arab diyorlaridan sanalgan Yaman mamlakatining Zabid shahriga keladi. Bu vaqtda u o‘ttiz yoshda bo‘lgan. U bu yerda ustozi qodiriyya tariqatining vakili Shayx Sharafuddin Ismoil ibn Ibrohim al-Jabartiy (806/1403-yilda vaot etgan) bilan uchrashadi va unga murid tushadi. 799/1396-yilda Makkaga, 803/1400-yilda Qohiraga boradi. U yerda Azhar shayxlari bilan ilmiy bahslar olib borgani haqida maʼlumotlar uchraydi. Qohiradan Gʻazoga borib, 805/1402-yilda Yamanga qaytadi. Umrining oxirigacha o‘sha yerda qoladi. Tadqiqotchilarning fikricha, Abdulkarim al-Jiyliyning Hindistonda qodiriyya tariqatining yoyilishida xizmati katta bo‘lgan.



Ijodi



Ilmiy jihatdan juda samarali umr kechirgan Abdulkarim al-Jiyliyning 34 taga yaqin asarlari borligi zikr qilingan. Asarlarining katta qismini Ibn al-Arabiy qarashlarining sharhiga bag‘ishlagan.



Asarlari




Vafoti



Vafot tarixi 826/1421-yillar Bagʻdod yoki Zabidda deb ham ko‘rsatilgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz