Abdulkarim al-Andaqiy
Abdulkarim al-Andaqiy (arabcha: عبد الكريم الأندقي — Abu-l-Muzaffar Abdulkarim ibn Abu Hanifa ibn al-Abbos al-Andaqiy) — hanafiy faqihi.
Hayoti
Abdulkarim al-Andaqiy 1009-yil (hijriy 400-yil)da Andaqda tavallud topgan. Yo‘lboshchi-imom, fozil, zohid, taqvodor zot bo‘lgan. O‘z davrida kamtarligi va chiroyli siyrati bilan nom chiqargan.
Abdulkarim al-Andaqiy "Shamsul-aimma" („Imomlar quyoshi“) nomi bilan tanilgan Abu Muhammad Abdulaziz al-Halvoniydan taʼlim olib, mohir faqih bo‘lib yetishgan. Abu Tohir Muhammad ibn Ali al-Ismoiliy, Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad al-Muzakkiy, Abu Nasr Ahmad ibn Ali as-Sinniy, Abu Homid Ahmad ibn Muhammad al-Isfahoniylardan hadis ilmini o‘rgangan. O‘z navbatida, olimdan Abu Amr Usmon ibn Ali al-Bikandiy hadis rivoyat qilgan.
Abdulkarim al-Andaqiy haj safariga ketayotib, Bag‘dodda to‘xtab o‘tgan. Manbalarda olimning Bag‘dodda taʼlim berishi haqidagi taklifga rad javobini berib, „Men Buxoroda dars beraman“, deb aytgani naql qilinadi.
Vafoti
Abdulkarim al-Andaqiy 1088-yil (hijriy 481-yil)da vafot etgan. Vafot etgan joyi haqidagi maʼlumotlar bizgacha yetib kelmagan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org