Abdulkarim
Abdulkarim (XIX asr) — samarqandlik mashhur kotib. Alisher Navoiyning „Xamsa“ asari nusxalaridan birini (1841-1842), hirotlik shoir Nozim Hiraviyning „Yusuf va Zulayho“ dostonini (1854 — 1855) koʻchirgan. Bu qoʻlyozmalar Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org