Abdulhamid Pardayev





Abdulhamid Pardayev (1958-yil 17-yanvar; Boʻka tumani, Oʻzbekiston SSR) — jurnalist, shoir, adabiyotshunos va tarjimon. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Bir necha sheʼriy to‘plamlar, „Amir Temur“, „Alisher Navoiy“, „Do‘stnoma“ dostonlari muallifi. Sakkiz jildlik Tanlangan asarlari nashr qilingan. Yusuf Xos Hojibning „Qutadg‘u bilig“ dostoni, Alisher Navoiyning barcha dostonlarini zamonaviy o‘zbek tiliga tabdil qilgan. F. Nitshening „Zardusht nidosi“ asarini o‘zbek tiliga sheʼriy o‘girgan. R.Tagor, J.Bayron, J. Kits, A.Blok, I.Brodskiy kabi o‘nlab mashhur shoirlarning sheʼriy turkumlarini, shuningdek qator jahon adiblarining romanlari va qissalarini, taniqli faylasuflarning risolalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari rus, turk, qirg‘iz, qozoq, nemis, ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.




Mehnat faoliyati



1975-yil sentyabrdan 1975-yil oktyabrga qadar qisqa muddat Bo‘ka tumanidagi bosmaxonada hisobchi sifatida faoliyat olib borgan.
1975-yil oktyabrdan 1976-yil iyulga qadar Bo‘ka tumani „Paxtakorlar ovozi“ gazetasi — musahhih-muxbir.
1976-yil noyabrdan 1978-yil dekabriga qadar — Harbiy xizmatni oʻtagan.
1979-yil yanvardan 1985-yil apreliga qadar — „O‘zbekselmash“ zavodida ekspeditor va master.
1985-yil apreldan 1991-yil yanvarigacha — „O‘zteleradiokompaniya“ muxbir, tarjimon, katta muharrir
1991-yil may oyidan 1991-yil noyabrigacha — „O‘zbekistonmatbuoti“ jurnali bo‘lim muharriri.
1991-yil noyabrdan 1996-yil apreliga qadar — „O‘zteleradiokompaniya“ muxbir, sharhlovchi.
1996-yil iyunidan 1997-yil noyabriga qadar — „Ishonch“ gazetasida muxbir, masʼul kotib.
1997-yil noyabridan 2001-yil iyuniga qadar — „Jahon adabiyoti“ jurnalida bo‘lim muharriri, masʼul kotib.
2004-yil iyunidan 2005-yil iyuniga qadar — Respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi bosh mutaxassis.
2005-yil avgustdan 2014-yil yanvarigacha — „SUVMASH“ OAJ maʼnaviyat-maʼrifat ishlari bo‘yicha masʼul-kutubxonachi.
2014-yil yanvaridan hozirga qadar Erkin ijodkor sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.



Nashr qilingan kitoblari




Tarjimalari




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz