ABDULHAMID MAJIDIY



ABDULHAMID MAJIDIY (taxallusi Abutanbal, A. B., Chaqmoq 1902 — Kattaqo’rg’on — 1938) — o’zbek shoiri, dramaturg, adabiyotshunos, jurnalist, pedagog. Dastlab eski maktabda, so’ngra Kattaqo’rg’onda ochilgan rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. “Zarafshon” (1925 — 26), “Ozod Buxoro” (1927-28) gazetalarida muharrirlik qildi. Xorazm viloyat teatrida direktor, adabiy emakdosh (1929-33). Toshkentda “Mushtum” jurnalida (1934-37) ishladi. 1920 yildan matbuotda uning she’rlari bosila boshladi. “Xandon lolalar” (1929), “Qaldirg’och” (1932), “Hangoma” (1937) nomli she’riy va nasriy to’plamlari chop etilgan. “Varqa va Gulshoh”, “Otsiz” pyesalari bor. Kattaqo’rg’on shahridagi teatrga Abdulhamid.Majidiy nomi berilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz