Abdulhamid ibn Umar Usmandiy





Abdulhamid ibn Umar Usmandiy (arabcha:عبد الحميد بن عمر عثماندي — Abdulhamid ibn Umar Usmandiy — Toʻliq ismi:Abu Muhammad Abdulhamid ibn Umar ibn Husayn ibn Hasan ibn Hamza ibn Tohir) — roviy.


Usmandiy — „Usmand“dan yasalgan nisba bo‘lib, Ustrushananing Borkas qishlog‘iga 2-farsax masofada joylashgan qishloqlaridan biri. Bu qishloq Samarqand hududiga yaqin joyda bo‘lganligi bois keyinchalik shu hududga qaragan.



Faoliyati



Abdulhamid ibn Umar Usmandiy faqih, kalom ilmining namoyandasi Muhammad ibn Abdulhamid Usmandiyning otasi bo‘lib, manbalarda faqat ismi va rivoyat qilgan hadislarigina yozib qo‘yilgan. Biror mansab egasi yoki o‘z davrida mavqei qanday bo‘lgani, hattoki tavallud topgani yoki vafot etgan yillari haqida ham birorta maʼlumot keltirilmagan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz