Abdulgʻofur Razzoq al-Buxoriy





Abdulgʻofur Razzoq al-Buxoriy (arabcha: عبد الغفور رزاق البخاري — (1950, Buxoro) — Islomshunos, tasavvufshunos olim, xattot.



Hayoti va faoliyati



Hoji Abdulg‘ofur Razzoq al-Buxoriy dastlab Buxoro Mir Arab madrasasini, so‘ng Toshkentdagi Imom al-Buxoriy nomidagi Islom institutini (1975-yil) tugatgan. Mir Arab madrasasida hadis, fiqh, tasavvuf fanlaridan saboq berib keladi. Shuningdek, u taniqli xattot, xalq tabobati va mumtoz Sharq adabiyoti bilimdonlaridandir.


Buxoro, Navoiy, Samarqand, Termiz va Qarshi shaharlaridagi ko‘plab tarixiy, islomiy-meʼmoriy obidalar, qabrtoshlarni taʼmirlash va arab (kufiy xati) yozuvlarni tiklashda qatnashgan.


Ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. Abdulkarim as-Sam’oniyning „Al-Ansāb“ („Nasabnoma“) asarini hammualliflikda o‘zbek tiliga tarjima qilgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz