Abdulgʻofir ibn Ismoil an-Naysoburiy
Abdulgʻofir ibn Ismoil an-Naysoburiy — عبد الغافر بن إسماعيل النيسابوري — Abu-l-Hasan Abdulg‘ofir ibn Ismoil ibn Abdulg‘ofir ibn Muhammad ibn Abdulg‘ofir ibn al-Hofiz Abu Abdulloh ibn Shayx al-Kabir Abu-l-Husayn al-Forisiy an-Naysoburiy, 451/1059 — Nishopur — 529/1135) — shofeʼiy faqihi, muhaddis.
Oilasi
O‘z zamonasining imom-peshvolaridan sanalgan Abdulg‘ofir ibn Ismoil an-Naysoburiy fasohat, balog‘at, qiroat va hadis olimi, shuningdek, faqih va taniqli adib ham bo‘lgan.
Muhaddislar oilasiga mansub bo‘lib, ilk hadis ustozlari — otasi Ismoil, al-Qushayriyning qizi bo‘lgan onasi Ummaturrahim, ona tarafidan bobosi Imom al-Qushayriy va buvisi Fotima bint Abu Ali az-Zahhoklardir. Tafsir va usul al-fiqh darslarini tog‘alari Abu Saʼd Abdulloh va Abu Saʼid Abdulvohiddan tahsil olgan. Ota tomonidan bobosi Abdulg‘ofur ibn Muhammad ham o‘z davrining peshvo muhaddislaridan bo‘lgan.
Taʼlimi
Abdulgʻofir ibn Ismoil an-Naysoburiy ilm talabida dunyo kezib, Gʻazna, Hindiston, Xorazm yurtlariga safar qilgan. Bag‘dodda Abu Muhammad al-Javhariy va boshqalardan, Nishopurda Abu Saʼd al-Kanjaruziy va Abu Bakr Muhammad ibn al-Hasan ibn Ali at-Tabariylardan taʼlim olib, hadis rivoyat qilish uchun ijozaga erishgan. Bobosi Abu-l-Qosim al-Qushayriy, Ahmad ibn Mansur al-Mag‘ribiy, Ahmad ibn Abdurrahim al-Ismoiliy, Ahmad ibn al-Hasan al-Azhariy, Fazl ibn Muhib, Abu Nasr Abdurrahmon ibn Ali at-Tojir, Muhammad ibn Abdulloh as-Sarrom, Abdulhamid ibn Abdurrahmon al-Buhayriy va boshqalardan hadis tinglagan.
Faoliyati
Abdulgʻofir ibn Ismoil an-Naysoburiy Imom al-Haramayn Abu-l-Maʼoliy Abdulmalik al-Juvayniydan to‘rt yil fiqh va xilof ilmini o‘rganib, mazhab ilmida peshqadamlardan bo‘lib yetishgan. Nishopur xatibligini boshqargan. Ko‘p yillar davomida Masjidi Aqilda dushanba kunlari asr namozidan so‘ng talabalarga hadis yozdirgan. Abdulgʻofir ibn Ismoil an-Naysoburiydan Abu-l-Qosim ibn Asokir, Abu Saʼd as-Sam’oniy va Abu-l-Alo al-Hamadoniylar rivoyat qilgan bo‘lib, undan hadis rivoyat qilgan oxirgi shaxs — Abu Saʼd Abdulloh ibn Umar as-Saffordir.
Asarlari
Vafoti
Ibn Kasir olim nomini 551-yilda vafot etganlar orasida zikr etib, xatoga yo‘l qo‘ygan. Abdulgʻofir ibn Ismoil an-Naysoburiy 1135-yil (hijriy 529-yil)da Nishopurda vafot etgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org