Abdulgʻaniy al-Azdiy
Abdulgʻaniy al-Azdiy (arabcha: عبد الغني الأزدي —Abu Muhammad Abdulg‘aniy ibn Saʼid al-Azdiy al-Misriy,332/943 — Qohira — 409/1018) — muhaddis.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
To‘liq ismi Abdulg‘aniy ibn Saʼid ibn Ali al-Azdiy bo‘lib, Abu Muhammad kunyasi bilan mashhur bo‘lgan. Katta ustozi Usmon ibn Muhammad as-Samarqandiy hisoblanadi. Shunindek, Abu Bakr al-Mayonajiy va Imom ad-Doraqutniy kabi allomalardan ham hadis o‘rgangan. Hadis ilmini mukammal egallash maqsadida turli o‘lkalarga safar qiladi. Uzoq davom etgan safarlaridan so‘ng Misrga qaytadi va zamonasining peshvo hadis hofizlari qatoridan joy oladi.
Hadislari
Barcha ulamolar Abdulgʻaniy al-Azdiyning siqaligini qabul qilishgan. Shu bilan birga, u nasabshunos olim ham bo‘lgan. Undan Abu Abdulloh al-Quzoiy, Abdurrahim Ahmad ibn al-Buxoriy va Abu Ali al-Ahvoziy singari allomalar hadis rivoyat qilganlar. Ibn Abdulbar ham undan ijozat usulida hadis o‘rgangan.
Asarlari
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org