Abdulgʻafur Loriy





Abdulgʻafur Loriy (arabcha: عبد الغفور لاری — Raziyyuddin Abdulg‘afur Loriy,?, Lor — 912/1507, Hirot) — olim va mutasavvif.




Hayoti



Tug‘ilgan yili va hayoti haqida yetarli maʼlumot uchramaydi. Manbalarda Abdurrahmon Jomiyning peshqadam murid­laridan bo‘lganligi qayd etilgan. Ali ibn Husayn al-Koshifiy Abdulgʻafur Loriyning zamondoshi va muridlaridan biri bo‘lishiga qaramasdan, „Rashahot ayn ul-hayot“ asarida u haqida to‘liq maʼlumot keltirmagan. Asarda Abdulgʻafur Loriyning maʼnaviy yo‘li va karomatlari haqida zikr qilingan. Ali ibn Husayn al-Koshifiy Abdulgʻafur Loriy sahoba Sa’d ibn Ubayd avlodi ekani, o‘z davrida aqliy va naqliy ilmlarda peshvo bo‘lgani, Abdurrahmon Jomiyning aksariyat asarlarini o‘qib o‘rgangani va Jomiy „Sharh fususi-l-hikam“ nomli kitobi muqobalasini u bilan birga 896/1491-yilda tamomlaganini alohida taʼkidlagan. Abdulgʻafur Loriyning „Nafahot ul-­uns“ga alohida takmila yozganini qayd etgan al-Koshifiy, uning buyuk shaxs ekani va vahdat al-vujud nazariyasidagi qarashlari ustozi Abdurrahmon Jomiy fikrlari bilan bir bo‘lganini aytib o‘tadi.



Vafoti



Abdulgʻafur Loriy milodiy 1507-yil (hijriy 912-yil)da vafot etgan. Vafotidan so‘ng ustozi Abdurrahmon Jomiyning qabri yoniga dafn etilgan.



Ijodi



Fors tilidagi asarlari




Arab tilidagi asari




Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz