Abdulfattoh as-Sisiy
Marshal
Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisiy (arab. عبد الفتاح سعيد حسين خليل السيسي; t. 19-noyabr 1954) Misr prezidentidir. 2012-yil 12-avgustidan 2014-yil 26-martigacha Misr qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni va Misr mudofaa vaziri boʻlib xizmat qilgan. Harbiy qoʻmondon sifatida as-Sisiy 2013-yilgi ommaviy eʼtirozlar natijasida islomchi prezident Muhammad Mursiy rejimini agʻdarishda yetakchi rol oʻynadi. Toʻntarilishdan keyin as-Sisiy mudofaa vaziridan tashqari, Bosh vazir oʻrinbosari boʻlib ham xizmat qildi. As-Sisiy 2014-yil 26-martida prezidentlik sayloviga nomzodini qoʻyish uchun vazirlik lavozimidan voz kechdi. Saylovda as-Sisiy 96% dan oshiq ovoz olib, yutib chiqdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org