Abdulboqiy al-Marog‘ay
Abdulboqiy ibn Yusuf ibn … ibn Horun al-Marog‘ay (Abu Turob) — hijriy 401-yilda tug‘ilgan. U Nishopurga borgan, xushxulqli, fazilatli va xudojo‘y imom bo‘lgan. Bag‘dodda fiqh ilmini o‘zlashtirgan, so‘ngra Nishopurga borgan va u yerning muftiysi bo‘lgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Abdulboqiy al-Marogʻay hijriy 492-yilda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org