Abdulazizxo‘ja madrasasi
Abdulazizxoʻja madrasasi — Meʼmoriy yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan.
Tarixi
Madrasa Xoʻja Abdulazizboy tomonidan 1909-yilda qurilgan. U Qarshining oʻziga toʻq, saxovatli, ilmli kishilardan boʻlgan. Hozirda madrasa Qarshi shahrining „Eski shahar“ qismi Odina bogʻida joylashgan.
Arxitekturasi
Madrasa peshtoqida uning qachon bino etilganligi yozilgan lavh bor. Madrasa anʼanaviy udumga rioya qilib bunyod etilgan. Chiroyli tarxga ega bino ikki qavatdan iborat. Uning birinchi va ikkinchi qavatidagi hujralar har xil shaklga ega. Kirish qismidagi peshtoq baland boʻlib, u binoga salobat berib turadi. Peshtoqning yon tomoniga qubbachalar ishlangan, ularga koshin bezaklar berilgan. Madrasaning ichki tomonida bu xildagi bezaklardan foydalanilmagan. Madrasa binosiga ishlatilgan gʻishtlar ham bir xilda emas. Binoning pastki tarafidan baland joylashgan qubbaga hadar kichik hajmli gʻishtlar ishlatilgan. Peshtoq va uning yon qismiga esa shakli turlicha gʻishtlar terilgan. Bino poydevori juda pishiq. Madrasaning old hismi bezaklarga ega boʻlmasada, oʻziga xos mahobat sezilib turadi.
Madrasaning hajmlari boʻyiga — 26 metr, eniga — 24 metrni tashkil qiladi. Uning 27 ta hujrasi bor. Hovlisi 14+14 metrli kvadrat shaklga ega, uning oʻrtasida yigʻilgan suvlar oqib kegadigan tarnovi (kanalizatsiya) boʻlgan. Markaziy peshtoq biqinida ikkinchi qavagga olib chiqadigan zina mavjud. Hozirgi kunda madrasada viloyat „Xuarmand“ uyushmasi joylashgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org