Abdulaziz Komilov





Abdulaziz Hafizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 1994—2003-yillarda va 2012—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.




Tarjimai holi



1947-yil 16-noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan



Taʼlim



Oliy maʼlumotli, SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini tamomlagan. 1978-1980 — SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranti. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.



Mehnat faoliyati



1973—1976-yillarda SSSRning Livandagi elchixonasi attashesi, 1980—1984-yillarda SSSRning Suriyadagi elchixonasi 2-kotibi, 1984—1988-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq boʻlimining xodimi, 1988—1991-yillarda SSSR FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi, 1991—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi, 1992—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari, 1994-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.
1994—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, shu bilan birgalikda 1998—2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, 2003-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi, 2003—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2004—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Kanadadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi kabi elchilik vazifalarida faoliyat olib borgan.
2010—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, 2012-yil 13-yanvardan 2022-yil 27-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, 2022-yil 27-apreldan 16-iyungacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2022-yil 16-iyundan — Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
Arab va ingliz tillarini biladi.



Mukofotlari



Fidokorona xizmatlari uchun ordeni.


Mehnat shuhrati ordeni.


Doʻstlik ordeni.


2-darajali Ismoili Somoniy ordeni.


Uygʻonish ordeni.


Oʻzbekiston belgisi nishoni.


O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni.



Oilasi



Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. Oʻgli — Doniyor, iqtisodchi va tadbirkor. „Metropol Group“ masʼuliyati cheklangan jamiyati egasi. Bu shirkat 2021-yil 17-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib oldi.



Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz