Abdulaziz Karim
Abdulaziz Karim (23-noyabr 1973-yil (1973-11-23) (49 yosh), Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi bitiruvchisi. 2005-yildan siyosiy ta'qiblarga uchrab, qidiruvda bo'lgan. San'at sohasidagi ustozi To‘lqin Umarovich Qurbonov hisoblanadi.
Abdulaziz Karim 2000-yilda Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. 2003-yilda esa Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan.
Tarjimai holi
Abdulaziz Karim musiqa maktabini 1991-yilda tamomlab, 1991—1996-yillarda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida taʼlim olgan. U 1 qismlik opera, 2 ta simfoniya va xor jamoasi uchun 70dan ortiq asarlar yozgan. Yevropa darajasidagi musiqa turlariga talab kamligi sababli 1998-yildan estrada yo'nalishida ijod qila boshlagan.
Abdulaziz Karimning “Uzun armonlar”, “Qurbon boʻlaman”, “Yagonam oʻzing” qoʻshiqlari hamda Rayxon Gʻaniyeva bilan hamkorlikda kuylagan “Erkatoyim mani yoqimtoyim” dueti xit darajasiga koʻtarilgan.
Mashhur taronalari
Manbalar
uz.wikipedia.org