Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy





Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Marg‘inoniy (arabcha: عبد العزيز بن عبد الرزاق المرغيناني — Shayxul-imom Abu-l-Aimma Abdulaziz ibn Abdurrazzoq ibn Abu Nasr ibn Jaʼfar ibn Sulaymon ibn Matkan al-Marg‘inoniy) — muhaddis.



Hayoti



Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy 1016-yil (hijriy 406-yil)da Marg‘ilonda tavallud topgan. U asosan, oʻzi tugʻilib-oʻsgan yerda yashab ijod etgan. Manbalarda keltirilishicha, ilm talabida ikki marta Samarqandga safar qilgan. Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy taniqli olim Shamsul-islom Mahmud ibn Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-O‘zgandiyning otasidir.


Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy 1084-yil (hijriy 476-yil)da 68 yoshida vafot etgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz