Abdulaziz al-Tarifiy





Abdul-Aziz bin Marzuq at-Tarifiy ( arab.عبد العزيز بن مرزوق الطريفي) (1976-yil 29-noyabrda Quvaytda tugʻilgan) — Saudiya Arabistoni islom olimi.


At-Tarifiy hadis va fiqh ilmi bilan tanilgan salafiy olimlardan bir hisobladi. U, ayniqsa, yirik hadis toʻplamlaridagi hadislarni yod olish qobiliyati bilan mashhur.


U 2016-yil aprel oyida hibsga olingan, ammo uning hibsga olinishi sababi hali toʻliq maʼlum emas.




Biografiyasi



Abdulaziz Al-Tarifiy 1976-yil 29-noyabrda (hijriy 7/12/1396-yil) Quvaytda tugʻilgan. Bolaligida u Quvaytdan Mosul shahriga koʻchib oʻtgan.


Soʻng esa Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda joylashdi. Umrining qolgan qismini SAudiya Arabistonida islom dini rivojiga hissa qoʻshish uchun bagʻishladi.



Taʼlim



Shayx Abdul Aziz at-Tarifiy (Abdul Aziz At-Turayfiy deb ham ataladi) 13 yoshida islomiy matnlarni yod olishni boshlagan. Al-Tarifiy universitetdagi tahsilini Ar-Riyod shahridagi Imom Muhammad bin Saud Islom universiteti qoshidagi Shariat kollejida tamomlagan.



Faoliyati



Shayx Abdulaziz bin Marzuq at - Tarifiy Islom ishlari vazirligida tadqiqotchi, soʻngra Tadqiqot va tadqiqotlar markazida tadqiqot va tashviqot boʻlimi direktori, soʻngra shu markazda islom tadqiqotchisi boʻlgan ishlagan.



Hibsga olinishi



Aytilishicha, 2016-yilning 23-aprelida Saudiya politsiyasi uni zoʻravonlik haqidagi Twitterdagi psotlari uchun hibsga olgan. 2020-yil oktyabr oyidagi maʼlumotlarga koʻra u hamon hibsda. Shayx Abdulaziz bin Marzuq at - Tarifiyning undan keyingi holati haqida hech bir rasmiy maʼlumotlar mavjud emas.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz