Abdulaziz al-Fazliy
Abdulaziz Usmon ibn Ibrohim al-Fazliy - „Qozi“ laqabi bilan tanilgan Abu Amrning o‘g‘li edi. Abdulaziz al-Fazliy Buxoro qozisi bo‘lgan. G‘oyatda fozil, saxiy va karim, ko‘rinishi chiroyli, ulug‘vor, o‘ziga yarashgan, qozilik mansabini egallab turganida odamlar uning go‘zal siyrati haqida maqtab gapirganlar.
Abdulaziz al-Fazliy hijriy 515-yil (milodiy 1121-yil)da haj ibodatini ado etgan. Buxoroda ham, Makkada ham hadislar tinglagan. U ulamolardan biri hisoblanadi, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdulaziz al-Fazliy hijriy 533-yil (milodiy 1138-yil)da vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org