Abdulaziz al-Astug‘dodiyziy





Abdulaziz al-Astug‘dodiyziy  (Abu Muhammad) — Abdulaziz ibn Muhammad ibn Osim ibn Ramazon al-Astug‘dodiyziy yoki Naxshabiy nomi bilan mashhur bo‘lgan hofiz ulamolardan biridir. Hadislarning isnodlarini yaxshi bilgan va dastxati bilan ko‘p narsalar bitgan. Kam hadis aytgan. Uzoq vaqt Isfahonda yashagan. U Nasaf, Samarqand, Marv, Balx, Saraxs, Basra, Bag‘dod, Sheroz, Ramla, Baytu-l-muqaddas, Sur, Misr, Iskandariya va boshqa o‘lkalarda hadis tinglagan.


Hijriy 408-yilda tug‘ilgan. Hijriy 456 yoki 457-yilda Naxshabda vafot etgan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz