Abdulaxad Abdurashidov





Abdulaxad Abdulhamidovich Abdurashidov (1956.11.06, Margʻilon) — sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Fargʻona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasini 1981-yil tugatgan. Margʻilondagi „Doʻstlik“ bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983-90), Oʻzteleradio kompaniyasining „Maqom“ ansamblida sozanda (1990-yildan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholgʻu kuylari („Choʻli Iroq“, „Yovvoyi Chorgoh“, „Qalandar“, eroncha „Shoda-shoda“ va boshqalar), oʻzbek ashula va katta ashulalarning cholgʻu yoʻllari („Figʻon“, „Hanuz“, „Ey, sabo“, „Bir kelsun“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ijro uslubiga badihagoʻylik, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida „Nay nolasi“, „Nigohing“ kabi kuylarni, „Fargʻona ekan doʻstlar“, „Margʻilon atlaslari“, „Paydo boʻlibdi“ va boshq ashulalarni yaratgan.



Manbalar
















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz