Abdulali Ali-Asgariy
Abdulali Ali-Asgariy (forscha: عبدالعلی علیعسگری) (1958-yilda Erondagi Ray shahri, hozirgi Tehron shahrida tugʻilgan) Fors Gulf Petrochemical Industries Corporation kompaniyasining hozirgi bosh direktori. U, shuningdek, IRIB (Eron Radioeshittrish universiteti)ning sobiq bosh direktori boʻlgan eronlik ommaviiy axborot vositalari rahbaridir.
Qisqa tavsif
Ilgari IRIBning texnologiya boʻyicha oʻrinbosari va Eron radioeshittirish universiteti professori boʻlgan. Ali-Asgariy 2016-yilning 11-mayida avvalgi rahbari Muhammad Sarafraz lavozimidan ketganidan soʻng IRIB bosh direktori etib tayinlangan edi. Tashkilotni analogdan raqamliga oʻtkazish boʻyicha qilgan ishlari uchun uni „Erondagi raqamli televideniyening otasi“ deb atashgan.
U Hamidrizo Aliasgariyning amakisi.
Faoliyati
1979-yilgi islom inqilobidan oldin Ali-Asgariy Eron Islom Respublikasi asoschisi Oyatulloh Ruhulloh Humayniyning izdoshi edi. U oʻzining siyosiy faoliyati uchun avvalgi hukumatning maxfiy politsiyasi tomonidan hibsga olingan va inqilobning soʻnggi kunlarigacha qamoqda boʻlgan. U inqilobdan keyin Islom Respublikasida muhim lavozimlarni egallagan, jumladan , Madaniy inqilob Oliy Kengashi maslahatchisi va IRIB kollejiga rahbarlik qilgan.
Eron Radioeshittrish universiteti bilan bog`liq mojorolar
2014-yil noyabrida Muhammad Sarafraz Eron Radioeshittrish universiteti rahbari etib tayinlanganida, Ali-Asgariy potentsial nomzodlar roʻyxatida boʻlgani xabar qilingan edi. Natijada Ali-Asgariy va Sarafraz manfaatlari oʻzaro toʻqnashdi Eron sud hokimiyati rahbari Oyatulloh Sodiq Larijoniy Ali-Asgariyni maslahatchi etib tayinladi.
Ali-Asgariy 2016-yilning 11-mayida, bir necha kunlik taxminlardan soʻng Eron Radioeshittrish universiteti rahbari etib tayinlangan edi. U koʻplab qiyinchiliklar va janjallarga duch kelgan muassasani egallab oldi. Donya-e-Eqtesad gazetasining yozishicha, bahs-munozaralardan baʼzilari orasida eski gvardiya bilan toʻqnash kelgan yangi rahbarlarning lavozimidan chetlatilishi yoki ishdan boʻshatilishiga olib kelgan viloyat stansiyalarining yopilishi kiradi. IRIBning avvalgi rahbari Ezatulloh Zargʻamiy 2004-yildan 2014-yilgacha bu lavozimda ishlagan va tashkilot va uning xodimlari tarkibida oʻchmas iz qoldirgan. Donya-e-Eqtesadning soʻzlariga koʻra, baʼzi kelishmovchiliklar va janjallar shu qadar shiddatli boʻlib ketganki, xabarlarga koʻra, baʼzida mamlakat xavfsizlik idoralari ham vaziyatni yumashitsh va tinchlikni taʼminlash maqsadida ushbu ishlarga aralashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org