Abdul Husayn Dastg‘ayb
Abdul Husayn Dastgʻayb (forscha: عبدالحسین دستغیب — Abdul Hussayn Dastgʻayb 1913-yil 8-dekabr — 1981-yil 11-dekabr) — eronlik siyosiy faol, diniy olim, tasavvufshunos. U juma namoziga imom etib tayinlangan va oliy rahnamoning Sherozdagi vakillaridan biri. U mujtahid (diniy-siyosiy faol), arab tili, ilohiyot, nozil matnlar va fiqh asoslari (Usul al-fiqh) boʻyicha mutaxassis edi. 1981-yilda Eron xalq mujohidi tomonidan oʻldirilgan.
Biografiyasi
Dastgʻaybning otasi, boshlangʻich taʼlim muallimi Seyid Muhammad Toqiy 11-12 yoshlarida vafot etgan. Dastlabki taʼlimni otasidan olgan Abdul Husayn, uning oʻlimidan keyin tahsilini Sherozda, soʻngra Najafda davom ettirdi. Eronga qaytgach, u jiddiy siyosiy faoliyatga kirishdi.
Siyosiy faoliyati
Eron inqilobidan oldin
Pahlaviylar sulolasi davrida siyosiy muxolif boʻlgan. U hukumat siyosatini tanqid qilgani uchun qamoqqa tashlangan hamda hukmron rejim tomonidan Eronni tark etishga majbur qilingan, 1962 yilda (inqilobdan uch yil oʻtib) yana qaytib keldi U Ruhulloh Humayniyni qoʻllab-quvvatladi va rejimga qarshi siyosiy faoliyatni davom ettirdi. 1963-yil 5-iyunda hibs qilinib, Tehronga surgun qilindi, 1964-yilda esa yana qoʻlga olinib, uchinchi marta surgunga yuborildi. U Sheroz aholisining pahlaviylarga qarshi kurashda yetakchisi edi. 1977-yilda rejim uni uy qamogʻiga oldi, ammo odamlarning munosabati tufayli qoʻyib yuborishga majbur boʻldi. Sherozda shoh rejimiga qarshi ommaviy namoyishlar paytida odamlar qirgʻin qilinganidan keyin u takror hibsga olindi.
Eron inqilobidan keyin
Dastgʻayb juma namozining imom-xatibi va Sherozdagi oliy rahnamoning vakili etib tayinlangan, arab tili, ilohiyot, nozil matnlar va fiqh (usul al-fiqh) asoslari boʻyicha mutaxassis boʻlgan mujtahid edi. Mutaxassislar majlisida Fors xalqining vakili edi.
Ustozlari
Kitoblari
U quyidagi kitoblarni yozgan.
Oʻlim
1981-yil 11-dekabrda Dastgʻayb va yetti nafar hamrohi juma namozini oʻqish uchun masjidga ketayotganlarida portlash oqibatida halok boʻldilar. Bu harakat uchun javobgarlikni Eron xalq mujohidlari oʻz zimmasiga oldi.
Galereya
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org