Abdukarimxo‘ja sulolasi




Abdukarimxoʻja sulolasi  — gʻijduvonlik qoʻgʻirchoqbozlar avlodi.



Shajarasi



1) Abdukarimxoʻja (1800-1870) — surnaychi va qoʻgʻirchoqboz;
2) Siddiq kalon (1858-1940) — sozanda va maqomchi hofiz, qoʻgʻirchoqboz. Masharaboz, qoʻgʻirchoqboz va nayrangbozlar toʻdasiga rahbarlik qilgan. Toʻdada Fayzi mextar, Shodi puchuq, Toʻxta nogʻorachi, Aziz muallaq, Hamro masharaboz, Sayfiddin sherboz kabi sanʼatchilar ishlagan;
3) Xolmurod bobo Siddiqov (1891-1967) — qoʻgʻirchoqboz. U „Polvon Kachal“, „Bichaxon“, „Usmaxon“ kabi qoʻgʻirchoklarini oʻinatib kelgan.


Anʼanaviy qoʻgʻirchoq teatrini hayotga yaqinlashtirishga, qoʻgʻirchoqlarning soʻzlari bilan harakatlarini uygʻunlashtirishga, tomoshalarning maroqli va taʼsirchan chiqishiga intilgan.



Manbalar




















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz