Abdukarimxo'ja sulolasi
Abdukarimxoʻja sulolasi — gʻijduvonlik qoʻgʻirchoqbozlar avlodi.
Shajarasi
1) Abdukarimxoʻja (1800-1870) — surnaychi va qoʻgʻirchoqboz;
2) Siddiq kalon (1858-1940) — sozanda va maqomchi hofiz, qoʻgʻirchoqboz. Masharaboz, qoʻgʻirchoqboz va nayrangbozlar toʻdasiga rahbarlik qilgan. Toʻdada Fayzi mextar, Shodi puchuq, Toʻxta nogʻorachi, Aziz muallaq, Hamro masharaboz, Sayfiddin sherboz kabi sanʼatchilar ishlagan;
3) Xolmurod bobo Siddiqov (1891-1967) — qoʻgʻirchoqboz. U „Polvon Kachal“, „Bichaxon“, „Usmaxon“ kabi qoʻgʻirchoklarini oʻinatib kelgan.
Anʼanaviy qoʻgʻirchoq teatrini hayotga yaqinlashtirishga, qoʻgʻirchoqlarning soʻzlari bilan harakatlarini uygʻunlashtirishga, tomoshalarning maroqli va taʼsirchan chiqishiga intilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org