Abdujalil Ishtixoniy





Abdujalil al-Ishtixoniy (arabcha: عبد الجليل اشتيخاني — Abdujalil ibn Abdulkarim al-Ishtixoniy) — roviy.


Abdujalil al-Ishtixoniy oʻrta asrlarda Ishtixonda tavallud topgan. Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha, u Abu Hafs Umar ibn Muhammad Kushoniy Samarqand shahrida Abulhasan Ali ibn Muhammaddan qilgan rivoyatni eshitgan.
Abulhasan Ali ibn Muhammad: Bizga Abdulloh ibn Zohir ibn Hubayb alloma Muhammad ibn Hammoddan, u esa Ali ibn Ishoqdan, u esa Muhammad ibn Marvondan, u esa Aʼmashdan, u esa Abu Solihdan, u esa Abu Hurayra roziyallohu anhudan hadis aytdi, — dedi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki juma kuni kechasi „Kahf“ surasini oʻqisa, uning ikki juma orasidagi narsalari (gunohlari) kechiriladi", — dedilar.
Manbalarda Abdujalil al-Ishtixoniyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqidagi maʼlumotlar uchramadi.



Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz