Abdujabbor Abdurahmonov (olim)
Abdujabbor Abdurahmonov (1946-yil — 2021-yil 19-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik geliotexnik olim, texnika fanlari doktori (1991), professor.
Biografiyasi
Abdujabbor Abdurahmonov 1946-yilda tugʻilgan. 1970-yilda Leningrad aniq mexanika va optika instituti fizikaviy optika va spektroskopiya fakultetini muhandis-optik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1970—1973-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika texnika institutining „Quyosh energetikasi“ kafedrasi kichik ilmiy xodimi, 1977—1981-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Konstruktorlik va texnologik rivojlantirish markaziy boshqarmasida yetakchi konstruktor, 1981—1986-yilarda akademiyaning nazorat texnologiyasi va kimyo laboratoriyasi mudiri, 1986—1991-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi „Fizika-Quyosh“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi maxsus konstruktorlik-texnologik byurosida fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 1991—2021-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi „Fizika-Quyosh ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi Materialshunoslik instituti laboratoriya mudiri vazifasida foaliyat yuritgan.
Vafoti
Olim 2021-yil 19-iyun 75 yoshida vafot etgan.
Ilmiy faoliyati
Abdujabbor Abdurahmonovning ilmiy ishlari optika, issiqlik energiyasini oʻzlashtirish va quyosh energiyasidan foydalanish asoslari, quyosh qurilmalarining samaradorligini oshirish, oynani kontsentratsiyalash tizimlari, vodorod energiyasiga oid. 170 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Abdujabbor Abdurahmonovmimg bevosita rahbarligida katta quyosh pechining fokal zonasida yuqori haroratli materiallarni eritish va sintez qilish imkoniyatiga ega noyob texnologik qurilmalar yaratilgan. Ular yordamida olingan keramika materiallari respublika sanoat korxonalarida hozirda qoʻllanilib kelinmoqda. 1973—1977-yillarda Moskvadagi Aviatsiya instituti aspiranturasida oʻqib, 1977-yilda „Quyosh energetikasini rivojlantirish“ mavzusida nomzodlik ishini, 1991-yilda Moskvadagi Aviatsiya institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi va texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org