Abdugʻani Karimov




Abdugʻani Nabiyevich Karimov (1954.24.4, Toshkent) — naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (2005). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1973) va Toshkent pedagogika institutini (1979) tugatgan. Oʻrta maktabda oʻqituvchi (1979—83), "Rassom" kombinatida bezakchi rassom (1984—92), "Us go" birlashmasida naq-qoshlik brigadasi boshligi (1992—94). "Turkiston" konsert zali (1994), temuriylar tarixi davlat muzsyi (1996), Oliy Majlis binosi (1997), Oqsaroy (1999), Hindistondagi Oʻzbekiston elchixonasi (2000), Oʻzbekiston milliy teatri (2001), Toshkentdagi "Shahidlar xotirasi" muzeyi va boshqa yirik inshootlarning badiiy bezagini ishlashda ishtirok etgan.



Manbalar
























uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz